Главная » Статьи » Sherlar » Sevgi Sherlar

Hajringizni yuragimga bitolmaysiz ..!

Sobiq dildor shu damlarda tinglang so'zim,
O"timishimni ko'rmas endi ikki ko'zim,
Hudo sizga bersin endi bitmas to'zim..
Hajringizni yuragimga bitolmassiz...

O"tkan kunlar endi tamom o'tmish misol,
Daraxt bo'ldi..tanishganda ekkan nihol..
O"rtansa-da yuragingiz bugun behol..
Hajringizni yuragimga bitolmassiz...

Ayting endi qaytarmikan..o'shal mehr..
Yuraklarda qolganmikan o'shal sehr..
Nadomatni yor qilibon qiling sabr..
Hajringizni yuragimga bitolmassiz...

Sevgilarni parchalaydi dilda qotil..
Ikki tomon shahdam ketdik bo'lib botil..
Izhor uchun ojiz endi..menda bu til..
Hajringizni yuragimga bitolmassiz...

Kunlarim ham o'tmoqdadir sizsiz mahzun..
Orzular ham tarqalmoqda..misli tutun..
Qonlar yutib izlasangda,bo'lib dilhun..
Hajringizni yuragimga bitolmassiz...

So'nggi so'zim..unutingiz yonishlarni..
Unutingiz o'shal mungli honishlarni..
Erkinbekdan qolib ketgan o'tmishlarni..
Yuragingiz tublariga bitolmassiz...!



Manba: www.ListenMp3.ucoz.ru sayti


Категория: Sevgi Sherlar | Добавил: Admin(Ravshon) (21.02.2013)
Просмотров: 631 | Рейтинг: 0.0/0
Hamma izohlar: 0
able">
Ismingiz *:
Email:
Kod *:

Savollarimiz
Sizning yoshingiz?
Hamma javoblar: 136
Kalendar
Malumotlar arxivi
Hisoblagich
Online hammasi: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi(Admin): 0

TOP MP3