Главная » Статьи » Hikoyalar » Sevgi Hikoyalar

Bilasizmi Azizam siz qalbimda yashaysiz . . .

Bilasizmi Azizam siz qalbimda yashaysiz . . .
 Bilasizmi azizim, sizni qanchalik sevishimni? Esizdami sevgimiz tarixi qanaqa boshlangani? Avtobusda ketayotganimizda, tik turganimni ko'rib menga joy bergandiz. O'shanda qattiq sovuq qotganimdan sizga rahmat ham aytolmaganman. Ehtimol hayajonlangandirman, ehtimol o'tkir nigohlariz qarshisida hayajonlangandirman. Uyga kelib negadir kalendarda o'sha sanani katta qilib qizil marker bilan belgilab qo'ydim. Keyin yana sizni tasodifan uchratib qolganimda meni qahvaga taklif qildiz. Bu qahva men hayotimda ichgan eng betakrori edi. Sizga juda yarashardi o'sha tabassumingiz. Telefon raqamimni oldiz. Har safar uchrashganimizda bag'rimni gullarga to'ldirardiz. Bir oydan keyin menga uzuk sovg'a qilib qo'limmi so'radiz. Men dunyodagi eng baxtli qiz edim. Ayniqsa o't o'chiradigan mashina bilan kelib, tug'ilgan kunim kuni katta, oppoq ayiq sovg'a qilganizni sira unutolmayman. Uni asrab avaylayman, qizimiz uchun. Hayolan ayiqcha bilan siz haqizda gaplashaman. To'yimizdagi voqealar esizdami? Men hali ham to'yimizdagi voqealarni hayajon bilan eslayman. Salonga meni olib ketish uchun kelganizda, do'stlariz meni ko'rmasligi uchun ularni ichkariga kiritmagandiz. Sezganman, rashk qilgandiz. To'yimizdan keyin har kuni azonda qiynalmasligim uchun hovlilarga suv sepib berardiz, keyin oyijonim ko'rib qolmasliklari uchun kirib yana uxlardiz. Qizimiz tug'ilganida xursandligizdan hovuzga sakraganizni eslasam hali ham kulgim keladi. Qaniydi o'sha qora kunni hayotimizdan butunlay o'chirib tashlashning imkoni bo'lsa... Siz ikki bolani olov ichidan qutqarib oldingiz, ularga hayot ato etdingiz. Ammo buning badali katta bo'ldi... Qancha ko'z yosh to'kdim ekan? Yodizdami? Jonimga qasd qilmoqchi bo'lgandim. Tushimga kirib, unaqa qilma, qizimiz uchun yasha degandiz. Mana Zarinamiz ham 6 yoshga to'ldi. Hozir uni maktabdan olib uyga qaytaman, xuddi o'ziz bo'lgan qiziz ham. Xo'p azizim, men uyga qaytdim. Ertaga yana kelaman, sovuq qotmasdan yoting. Ertalab yangi gullar olib kelaman. Ha, siz yaxshi ko'rgan gullardan. Meni duolarim sizni isitadi. Bilasizmi bugun tanishganimizga 7 yil bo'ldi. Xursandmisiz? Xursandsiz a? Xotirjam yoting, xo'pmi... Yo'q, men yig'lamayapman. Axir sizga va'da berdimku yig'lamayman deb? Ha, ko'zimdagimi? Bu yosh emas. Hm, to'g'risi... Shamol kuchli esyapti... Sizni taqdir hukmi mendan ajratgandir, lekin shuni bilamanki hali hammasi yaxshi bo'ladi, siz har doim qalbimdasiz. Bu sevgimiz tarixi...bizning sevgimiz tarixi... U hech qachon o'lmaydi, manguga yashaydi...

Manba: www.ListenMp3.ucoz.ru sayti


Категория: Sevgi Hikoyalar | Добавил: Admin(Ravshon) (04.04.2013)
Просмотров: 1268 | Теги: qalbimda, Qiz, Yigit, azizam, SEVGI, Bilasizmi, SIZ, yashaysiz, Hikoyalar, xorazmcha mp3la | Рейтинг: 0.0/0
Hamma izohlar: 0
able">
Ismingiz *:
Email:
Kod *:

Savollarimiz
Saytimizda ko'proq nimalar bo'lishini xoxlaysiz?
Hamma javoblar: 85
Kalendar
Malumotlar arxivi
Hisoblagich
Online hammasi: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi(Admin): 0

TOP MP3