Главная » Статьи » Sherlar » Iztirobli Sherlar

Erkakning Sifatlari "Yohud Chin ma'noadagi Sher"

Kimki qadrin saqlolsa sodiq,
Vafodorlik bo’lsa gar yorliq,
Dushmanga ro’y bermasa ortiq,
O’sha erur haqiqiy erkak..!
Fikru amri,bo’lolsa dono,
Rujularga tortmasa fano,
O’z ahliga etsa jon fido,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Nomardlarga bermasa imkon,
Zulmlar-la boqsada zamon,
Bo’yin egmay yashasa ishon,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Mardu maydon aylasa tani,
Xiyla-nafsi kiysa kafani,
Atashsada nosodiq ani,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Zahmatlarni bo’yniga olsa,
Garchi yo’llar,azobdan tolsa,
Ammo ahdga vafodor qolsa,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Yashamasa boshlari egik,
Axir qalbda vijdoni tirik,
O’z jigarin ko’ma olsa tik..!
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Tuproq ochib,sochar ekan don,
Nomin bilsa jumlai jahon,
Xalq rizqini o’ylasa bir on..!
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Yurt boshiga tushganda xatar,
G’alabadan berolsa xabar,
Bo’la olsa xaqiqiy askar,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Do’stlar bilan hamisha hamdam,
Bo’la olsa xaqiqiy odam,
So’nggi nonin ko’rolsa baham,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Ayol zotin yo’lga sololsa,
Halol rizqla razmlar solsa,
Eng zarur payt quloq osolsa,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Sevgi qalbin qamragani dam,
Cho’kka tushib yig’laganda ham,
Bevafoga qaramay shahdam,
Keta olgan haqiqiy erkak..!

Muhabbatga tumorlar toqsa,
Sevgilisin ishqida yoqsa,
Tomirida g’ururi oqsa,
O’sha erur haqiqiy erkak..!

Ayo do’stlar,so’zlarimdir chin,
Burmang uni hazilga beshak,
Bekor so’zni so’zlamas Erkin..!
Yurt ziynati haqiqiy erkak..!

Manba: www.ListenMp3.ucoz.ru sayti


Категория: Iztirobli Sherlar | Добавил: Admin(Ravshon) (07.03.2013)
Просмотров: 777 | Теги: yohud, Chin, Erkak Sifatlari, SHER, yangiliklari, dunyo, Hikoyalar, Manodagi, Iztirobli, sherlar | Рейтинг: 0.0/0
Hamma izohlar: 0
able">
Ismingiz *:
Email:
Kod *:

Savollarimiz
Sizning yoshingiz?
Hamma javoblar: 136
Kalendar
Malumotlar arxivi
Hisoblagich
Online hammasi: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi(Admin): 0

TOP MP3