Kimki qadrin saqlolsa sodiq,
Vafodorlik bo’lsa gar yorliq,
Dushmanga ro’y bermasa ortiq,
O’sha erur haqiqiy erkak..!
Fikru amri,bo’lolsa dono,
Rujularga tortmasa fano,
O’z ahliga etsa jon fido,
O’sha erur haqiqiy erkak..!
Nomardlarga bermasa imkon,
Zulmlar-la boqsada zamon,
Bo’yin egmay yashasa ishon,
O’sha erur haqiqiy erkak..!