Qaytolsaydim yana sening yoningga, Ko'zlaringda kulgu ko'rsam yana, men! Ikkimiz ko'p gullar tergan bog'larda... Qo'llaringdan tutib yursam yana, men! Yodimdadir har laxzamiz, sevgilim! Xotiralar xamon bag'rimni tilar,,,! Suratlaring ko'rsam o'ksinar dilim, Armon bo'ldi, endi bizning orzular!
Layli majnun edik go'yo sen bilan, Sevgim osmonida eding yulduzim..! Kuyib ado bo'ldim sevib... sevgidan, Sensiz yashash qanday og'ir, yolg'izim!!!
Shuncha alam, shuncha qayg'u bir menga..! Sen qayerda, bexabarman xolingdan! Shu so'zlarim aytolsaydim ox! senga... Meni aziz bilarmiding joningdan! Balki, sen ham qiynoqdasan, qaydadir, Unutolmayman yonarmisan tunu- kun? Mening kabi yurak bag'ring tilkadir... Intizorsan, meni bir ko'rmoq uchun!
,,Kel'' demoqqa tilim ojiz, endi kech,, Hijron tilar, devona xol ko'nglimni! Qani meni, bu qiynoqlar qo'ysa tinch! Unutsaydim, senga bo'lgan sevgimni!
Manba: www.ListenMp3.ucoz.ru sayti
|