![](http://listenmp3.ucoz.ru/News/HayotiyHikoya/piyolasut.jpg)
Ertalab havo sovuq edi. Zokir ismli bolakay mayda-chuyda mollar bilan savdo qilar, savdodan topgan foydasini maktabi yo'lkirasiga, qog'oz-qalamiga sarflar edi. Bugun ertalabdan uning holi qurigan,chunki qorni juda och edi. O'ylanib -o'ylanib,biror honadondan yegulik so'ramoqchi bo'ldi. Taqillatgan eshigidan yosh juvon chiqib kelgach, non so'rashga uyalib, bir piyola suv berishini iltimos qildi. Ayol bolakayning ochiqqanini sezdi va katta piyolada to'ldirib sut olib chiqdi.