Bilasizmi Azizam siz qalbimda yashaysiz . . .
Bilasizmi azizim, sizni qanchalik sevishimni? Esizdami sevgimiz tarixi qanaqa boshlangani? Avtobusda ketayotganimizda, tik turganimni ko'rib menga joy bergandiz. O'shanda qattiq sovuq qotganimdan sizga rahmat ham aytolmaganman. Ehtimol hayajonlangandirman, ehtimol o'tkir nigohlariz qarshisida hayajonlangandirman. Uyga kelib negadir kalendarda o'sha sanani katta qilib qizil marker bilan belgilab qo'ydim. Keyin yana sizni tasodifan uchratib qolganimda meni qahvaga taklif qildiz. Bu qahva men hayotimda ichgan eng betakrori edi.