Главная » Статьи » Hikoyalar » Hayotiy Hikoyalar

Onasidan Ayrilgan Farzandlar (Hikoya)
(2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi) -Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida.... -Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz yahshi ovqatlandikku! -Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yahshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yahshi bölmadida, uxlaganinglardan söng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb söradi.... -(Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydida hali, oyimdan köp narsa söraydi, bilmaydida biz hamma kabi emasmiz. Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan tön qavib chiqishlarini, bizni öylab siqilishlarini bilmaydida.... Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan kuni yig'lab ötirgan ekanlar, qöllariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qöllari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yahshi bölib ketadi deb bizni ovutsalarda, özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, ötgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bölib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay.... -Singling yosh hali, uni xafa qilma, u senga eng mehribon inson böladi, sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim.... -(Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida nina, tizzalari ustida tönning yeng qismi, bir bölakkina öchay deb qolgan sham yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga tikilib ötirgandilar, yugurib bordim, qöllari muzdek, etim jimirlab ketdi.... Ohirgi ayta olgan sözim shu böldi....) -Oyi, oyijon, közizni oching. Men tez katta qiz bölaman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang.... 2004-yil. 28- noyabr.

Manba: www.ListenMp3.ucoz.ru sayti


Категория: Hayotiy Hikoyalar | Добавил: Admin(Ravshon) (03.03.2013)
Просмотров: 1264 | Теги: ayrilgan, Onasidan, Tasirli, Farzandlar, hikoya, Hayotiy Hikoya, Hikoyalar | Рейтинг: 0.0/0
Hamma izohlar: 0
able">
Ismingiz *:
Email:
Kod *:

Savollarimiz
Saytimizni qanday topdingiz?
Hamma javoblar: 45
Kalendar
Malumotlar arxivi
Hisoblagich
Online hammasi: 1
Mexmon: 1
Foydalanuvchi(Admin): 0

TOP MP3