![](http://listenmp3.ucoz.ru/News/SevgiHikoyalar/Qarg-ishga_qolgan_qiz.jpg)
Men sizlarga bir qizning afsus va nadomatlarini hikoya qilib
bermoqchiman. Meni qarindoshlarimiz va yaqinlarimizning hammasi yomon ko`radi. Garchi o`zimga aytishmasa-da, shunday hisoblayman. Dunyoda sendan nafratlanadigan kishilar orasida, har laxzada joningni o'rtab turguvchi vijdon azobi bilan yashashdan ortiq iztirob bormikin?...Eng yomoni,bunga boshqalarning emas, o`zing,
faqat o`zing sababchi bo`lsang!... To`qqiz yoshimgacha o'tgan kunlarimni entikib, sog'inch bilan eslayman.chunki o'sha
kunlar - beg'am,betashvish, beg`ubor damlarim edi.
Hammasi uyimizga mehmon kelganidan boshlandi.